BUG’ROLAR



BUG’ROLAR — Qoraxoniylar xoqonligining g’arbiy qismi (Yettisuv, Qashqar va Janubiy Qozog’iston) ni xoqon nomidan idora qilgan sulola xonlarining unvoni (10-11-asrlar). Uning yirik vakillari Abdulkarim Sotuq Bug’roxon va uning nabirasi Horun ibn Muso davrida Yettisuv va Qashqardagi ko’pchilik turkiy xalqlar Islom dinini qabul qilganlar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz