Bugʻlatkich
Bugʻlatkich — suyuqliklar (suv, sovitish agenti va boshqalar)ning bugʻlanish jarayoni amalga oshadigan issiqdik almashgich. B., mas, issiqlik elektr st-yalarida sarflanadigan kondensat oʻrnini toʻldiruvchi distillat olishda ishlatiladi. Tuzilishiga qarab, gorizontal bugʻ quvurli (qizdiradigan bugʻ quvur atrofidan oqib oʻtadi) va ancha takomillashgan vertikal suv quvurli (suv quvur ichidan oqib oʻtadi) xillarga boʻlinadi. B. 1, 2 va koʻp bosqichli boʻladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org