BUG’-HAVO O’LCHAGICH



BUG’-HAVO O’LCHAGICH — yonish mahsulotlari sarfi va hosil bo’layotgan bug’miqdorini o’lchaydigan asbob; drosselli bug’o’lchagich va differentsial tyagomer majmuidan iborat. Bir shkalali va ikki mil (strelka)li umumiy ikkilamchi ko’rsatuvchi asbobi bor. Ish tarzi yonish mahsulotlari sarfi (differentsial tyagomer bilan o’lchanadi) qozonning bug’hosil qilish unumiga (drosselli va bug’ o’lchagich bilan o’lchanadi) mutanosibligiga asoslangan. Bug’-havo o’lchagich ishlatilganda qozon agregati ishini nazorat qilish osonlashadi; bunda nagruzka va yonish jarayonini rostlash uchun ikkala mil bir-biriga mos keltiriladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz