Bugenvil




Bugenvil — Tinch okeandagi vulkan oroli, Solomon o.lari toʻdasidagi eng katta orol. Papua — Yangi Gvineya tarkibida. Maydoni 10 ming km². Aholisi 159,5 ming kishidan ziyod (1990 i. l ar oʻrtalari). Balandligi 2743 m gacha. Nam tropik oʻrmonlar bilan qoplangan.

Yirik mis konlari bor, 1972-yildan foydalaniladi. Ruda zaxirasi 915 mln. t dan ortiq. Kokos palmasi, banan yetishtiriladi. Asosiy shahri — Kiyeta. Fransuz dengizchisi L. A. Bugenvil (1729—1811) nomi bilan atalgan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz