Bugʻ yostigʻi
Bugʻ yostigʻi — bugʻ mashinasi porsheni yuqorigi chekka nuqgani egallagan paytda porshen bilan silindr qopqogi orasida hosil boʻladigan boʻshliqni toʻldirib turuvchi qisilgan bugʻ hajmi. Porshenning harakatini yengillashtiradi, bugʻning kondensatsiyalanishi (suvga aylanishi)dan issiqlik yoʻqolishini kamaytiradi. Bugʻ yostigʻi hajmi bugʻ mashinasining tezligiga bogʻliq.
Manbalar
uz.wikipedia.org