BUG’ YOSTIG’I
BUG’ YOSTIG’I — bug’ mashinasi porsheni yuqorigi chekka nuqtani egallagan paytda porshen bilan tsilindr qopqog’i orasida hosil bo’ladigan bo’shliqni to’ldirib turuvchi qisilgan bug’ hajmi. Porshenning harakatini yengillashtiradi, bug’ning kondensatsiyalanishi (suvga aylanishi) dan issiqlik yo’qolishini kamaytiradi. Bug’ yostig’i hajmi bug’ mashinasining tezligiga bog’liq.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz