Bugʻ gʻilofi




Bugʻ gʻilofi — bugʻ mashinasi silindrini oʻrab turuvchi halqasimon kamera. Bugʻ quvuridan chiqqan bugʻ shu gʻilofdan oʻtkaziladi. Vazifasi — silindr devori temperaturasini ish bajaruvchi bugʻ temperaturasiga yaqinlashtirish va uni bir meʼyorda tutib turish. Bugʻ gʻilofi toʻyingan bugʻ bilan ishlovchi mashinalarning koʻpida qoʻllaniladi. Bugʻ gʻilofi oziq-ovqat sanoati korxonalarida masalliqparni pishirish uchun ham ishlatiladi. Masalan, yogʻ zavodlarida yanchilgan magʻiz bugʻ gʻilofli qozondan oʻtayotgan bugʻ taʼsirida pishiriladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz