BUG’



BUG’ (Arabcha — muguz, shox), burg’u — shox, sopoldan yasalgan qadimgi puflama cholg’u. Odamlarni to’plash, ogohlantirish uchun ishlatilgan. Bug’ning puflanadigan uch tomoni ingichka bo’lib, yonida teshikparda yo’q. Bir xil, lekin ancha olisdan eshitiladigan tovushlar chiqaradi. O’rta Osiyoda ayniqsa Amir Temur va Temuriylar davrida lashkarlarga nog’ora, karnaylar qatori, muayyan xizmatlari uchun Bug’ topshirilganligi haqida ma’lumotlar mavjud.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz