Buenos Ayres ePrix




Buenos-Ayres ePrix har yili Argentinaning Buenos Ayres shahrida boʻlib oʻtadigan elektr quvvati bilan ishlaydigan, bir oʻrindiqli Formula E chempionati poygalari hisoblanadi. Buenos-Ayres ePrix birinchi marta 2014-15 yilgi mavsumda oʻtkazilgan.

Avtodrom



Buenos-Ayres ePrix musobaqasi Buenos-Ayresning Puerto-Madero tumanida joylashgan Puerto Madero trassasida boʻlib oʻtdi. Buenos-Ayres ePrix musobaqasi birinchi marta 2015-yilning 10-yanvarida oʻtkazilgan. Formula E boʻyicha toʻrtinchi ePrix musobaqasi sifatida taqvimda eʼlon qilingan va shu vaqtda poygalar boʻlib oʻtgan. Trassaning uzunligi 2,44 km va 12 burilishdan iborat edi. Sxema Santiago García Remohi tomonidan ishlab chiqilgan. Buenos Ayres ePrix tugatilgan Formula E poygasi boʻlib, Puerto Madero trassasida FIA Formula E chempionati raundida dastlabki uch mavsumida uch marta oʻtkazilgan. Buenos-Ayres ePrix 2017/18 yilgi mavsumdan boshlab boshqa hududlardan takliflar boʻlganligi sababli bekor qilindi. Buenos-Ayres 20 ta Gran-pri poygalariga mezbonlik qilgan jumladan: Formula E poyglariga ham. 2015, 2016, 2017-yilgi yillik asosiy poygalardan biri sifatida oʻtkazilgan. 2015-yilgi mavsumning ilk gʻolibi portugal avtopoygachisi António Félix da Costa boʻlgan. Keyingi yilda ingliz avtopoygachisi Sam Bird ushbu natijaga erishgan.

Kalendar



Buenos-Ayres ePrix birinchi marta 2013-yil dekabr oyida 2014/15 mavsumining birinchi vaqtinchalik taqvimida paydo boʻlgan va yangi FIA Formula E chempionati uchun joy sifatida taklif qilingan. Keyinchalik ePrix uni mavsumning yakuniy taqvimiga kiritdi.

Natijalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz