Bucyrus MT6300AC
Bucyrus MT6300AC – bu Amerika Qoʻshma Shtatlarida Bucyrus International Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va ishlab chiqarilgan avtomagistraldan tashqari, ultra sinfli, ikki o'qli, dizel/AC elektr quvvatli yuk mashinasi. MT6300AC Bucyrus eng katta yuk koʻtarish qobiliyatiga ega yuk mashinasi boʻlib, dunyodagi eng katta yuk tashish mashinasi nomi bilan tanilgan, Yuk kutarish quvvati 400 tonna (oʻrtacha 363 t). Eng yaqin analoglari Liebherr T 282B, Caterpillar 797F boʻlib, bir xil ogʻirlikni koʻtara oladi. BelAZ 75710 450 tonna yuk koʻtarish quvvatiga ega.
2010-yil 19-fevralda Bucyrus International Inc kompaniyasi Terex korporatsiyasining togʻ-kon uskunalari boʻlinmasini sotib olgach, Terex Unit Rig MT6300AC modeli Bucyrus MT6300AC nomi bilan qayta brendlanadi.
2011-yil 8-iyulda Bucyrus, Caterpillar boʻlinmasiga aylanadi. Va Bucyrus AC liniyasi, Caterpillar’s UnitRig liniyasi sifatida tanildi.
Ommaviy debyuti
Terex korporatsiyasining Terex konchilik boʻlimi 2008-yil sentabr oyida MINExpo International koʻrgazmasida Terex Unit Rig MT6300AC qurilmasini debyut qildi. 2008-yil sentabr oyida MINExpo International koʻrgazmasida MT6300AC va Caterpillar 797F taqdim etilishidan oldin Liebherr T02, T02d, Liebherr T02d taqdim etildi. Bu mashinalar 363 t (oʻrtacha 400 t) yuk koʻtarish qobiliyatiga ega yagona yuk kutarish mashinasi edi.
Re-brending
2010-yil 19-fevralda Bucyrus International Inc kompaniaysi Terex korporatsiyasining togʻ-kon uskunalari boʻlinmasini sotib olgach, Terex Unit Rig MT6300AC brendi Bucyrus MT6300AC nomi bilan qayta brenlandi.
Quvvati
MT6300AC dizel/AC elektr quvvati bilan ishlaydi. 3750 ot kuchi (2800 kVt) MTU/DDC C3 seriyali, 20V4000 toʻrt taktli dizel dvigateli orqa oʻqning har ikki tomonida joylashgan uch baravar reduktorli elektr motorini quvvat bilan taʼminlaydigan AC elektr alternatorini quvvatlaydi. Toʻliq yuklangan vaznda, MT6300AC maksimal tezligi 40 milya (64 km/soat) ga yetishi mumkin.
Texnik xususiyatlari
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org