Buck Newton
Eldon Sharp „Bauck“ Newton III (1968 yil 5 iyulda tugʻilgan) – amerikalik huquqshunos va siyosatchi , Shimoliy Karolina Bosh Assambleyasida (shtat qonun chiqaruvchi organi) NC Senat okrugi 4 (Uilson, Grin va Ueyn okruglari) vakili boʻlgan Respublikachi shtat senatori boʻlib xizmat qiladi. Newton dastlab 2010 yilgi saylovlarda muvoffaqiyatli qatnashib demokrat amaldagi prezident Albin B. Swindellni magʻlub etishga sazovor boʻldi va Shimoliy Karolina Senatida oʻchmas iz qoldirishga sazovor boʻldi.
2016- yilda Newton Shimoliy Karolina Bosh prokurori lavozimiga Respublikachilar partiyasidan nomzod boʻlib, demokrat Josh Steynga 25 000 ovoz toʻplagan holda, 0,5% farq bilan magʻlub boʻldi.
2022- yilda Newton Shimoliy Karolina Senatining 4-okrugida amaldagi demokrat Tobi Fitchni arzimagan 16 ball farq bilan magʻlub etishga sazovor boʻldi va uning oʻrnini egalladi.
Erta hayot va taʼlim
Shimoliy Karolina shtatining Uilson shahrida tugʻilgan boʻlib, Newton Appalachian shtat universitetiga oʻqishga kirdi, oldinroq Hunt oʻrta maktabini tamomlagan oʻquvchilardan biri edi. ADUda siyosatshunoslik boʻyicha bakalavr darajasini oldi.
Kollejdan soʻng Newton AQSh Senatida Tashqi aloqalar qoʻmitasida senator Jessi Xelmsning yordamchisi boʻlib ishlash sharafiga muyasar boʻlgan.
Newton, shuningdek, Kempbell universitetining huquq fakultetini tamomlagan va U Uilsondagi Newton va Li firmasida 16 yil davomida advokatlik bilan shugʻullangan va 2010 yilda shtat qonun chiqaruvchi organida qonun chiqaruvchi boʻlgan
Davlat idorasi
2007 yildan 2011 yillar oraligʻida Newton shtat senatori Albin B. Swindell oʻrniga ishladi va 2011 yil boshida shtat poytaxtida lavozimga kirishgunga qadar Vilson okrugi Respublikachilar partiyasi raisi lavozimida ish olib borgan.
Shtatning LGBT masalalari boʻyicha qonuniga javoban Newton, Shimoliy Karolinadagi qonun loyihasini qoʻllab-quvvatlovchi konservativ mitingda 2 (a.k.a) „HB2“), „Uyga boring, bugun ishlashga majbur boʻlgan doʻstlaringiz va oilangizga bu nima ekanligini va davlatimizni toʻgʻri saqlash uchun hammamiz zoʻr berib harakat qilishimiz uchun qanchalar kurashishimiz kerakligini ayting“ dedi. Keyinchalik bergan intervyusida Newtonning aytishicha, uning mitingdagi soʻzlari „erkaklarni ayollar xonasidan uzoqroq tutish shart emas“ degan maʼnoni anglatadi. Newton, shuningdek, kamalak bayroqlarini silkitadigan odamlarga nisbatan narsalar har doim shunday boʻlganliga va oʻzgarmasligiga oʻrganishlari kerakligini aytdi.
Newton 2016-yilda Respublikachilar partiyasidan boshqa partiyalar singari rasmiy nomzod sifatida shtat bosh prokurori lavozimiga daʼvogarlik qilgan. Ammo U noyabr oyida Demokratik partiyadan nomzod Josh Steynga yutqazdi.
U 2022 yilda mashaqatli mehnati tufayli amaldagi senator Tobi Fitchni magʻlub etib, yana shtat Senatiga saylandi.
Maʼlumotnomalar
Tashqi havolalar
uz.wikipedia.org