BUBON



BUBON (Yunoncha bubon — chov, chovdagi o’sma) — teri ostidagi limfa tugunlarining yallig’lanishi (“Bez kelishi”). Ko’proq chov va bo’yin sohasida uchraydi. Bubon ayrim tanosil (masalan, zaxm) va boshqa ba’zi yuqumli kasalliklar (sil, o’lat) bilan birga kechadi yoki ularning asorati sifatida vujudga keladi. Bubon turli kattalikda bo’lib, og’riqli (yumshoq shankrda) yoki og’riqsiz (zaxmda) o’tadi. Bubon yiring boylab yoriladi va chandik hosil qilib bitadi. Dastlab Bubonga sabab bo’lgan asosiy kasallik davolanadi, ular yordam bermasa, jarrohlik usuli qo’llaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz