Bubble
Bubble (yaponcha: バブル Baburu?) 2022-yilda Yaponiyaning post-apokaliptik animesi sifatida Wit-Studio'da yaratilgan. Film Gen Urobuchi tomonidan yozilgan va unga Tetsurō Araki rejossyorlik qilgan. Takeshi Obata qahramonlarning dizaynini yaratgan va musiqasini Hiroyuki Sawano bastalagan. Filmning ilk namoyishi Berlin International Film Festival'da 10-fevral 2022-yil boʻlib oʻtgan. Uning butun dunyo boʻylab chiqarilishi may oyida Yaponiyada teatrlashtirilgan holda namoyishidan oldin 28-aprel 2022-yilda Netflix tomonidan chiqarilgan. Filmning manga adaptatsiyasi Erubo Hijihara tomonidan 22-apreldan 23-may (2022) gacha Shōnen Jump+'da chiqarildi.
Mazmuni
Yaqin kelajakda dunyo haqiqat qonunlarini buzadigan pufakchalarga duch keladi. Tokio minorasidagi portlash Tokiodagi barcha pufakchalar toʻplanishiga sabab boʻladi va pufaklar shaharni yashash uchun yaroqsiz qila boshlaydi. Cheklovlarga qaramay, koʻplab yoshlar u yerda yashashda davom etadi, parkour turnirlarini oʻtkazishadi va u orqali barter va savdo bilan shugʻullanishadi. Blue Blazes nomli jamoada 18 yoshli Hibiki parkourda ajoyib isteʼdod egasi, ammo u eshitish qobiliyatining oʻta sezgirligi tufayli shovqin joydan oʻzini olib qochadi. Tokio minorasi gravitatsion anomaliyalari tufayli u yerga borishning iloji yoʻq joy boʻlib qolishda davom etadi.
Bir kuni Hibiki minoraga chiqishga harakat qiladi, chunki u bir ayolning qoʻshigʻini eshitadi va u yerda bir bolakayni koʻrganiga ishonadi. U deyarli minoraga chiqayotgan paytida, okeanga tushib ketadi, okeanda choʻkayotgan Hibikining oxirgi nafasi bilan bir-necha pufakcha birlashib, yosh qizga aylanadi. Qiz ilk bora insonga aylanishiga qaramay, boshqalardan narsalarni tezda oʻrganadi. Hibiki unga „Uta“ („Qoʻshiq“) deb nom qoʻyadi, chunki qiz uning miyasida aylanib yurgan qoʻshiqni biladi. Uta va Hibiki birgalikda parkour turnirini oʻtkazishadi va Mortician/Undertakers deb nomlangan jamoani magʻlub etishadi, ammo finalda Uta Hibikiga tegib ketadi va qizning qoʻli pufakchalarga aylanib qoladi. Pufaklarning koʻpirishi yana boshlanadi va Tokio aholisi qochish uchun harakat qiladi. Uta bu xolatni toʻxtatish uchun Tokio minorasiga chiqadi. Hibiki uni qutqarish uchun uning ortidan boradi.
Yakuniy sahnada ular bir-birlarini qutqaradilar, lekin Uta Hans Christian Andersenning „Kichik suv parisi“ ertagidagi kabi pufakchalarga aylanadi. Pufakchalar gʻoyib boʻlishi bilan Tokio fuqarolari shaharga qaytib kelishadi.
Ovoz berganlar
Musiqasi
Filmning partiturasi Hiroyuki Sawano tomonidan yozilgan. Ochib beruvchi qoʻshiq „Bubble feat. Uta“ Eve tomonidan ijro etilgan boʻlsa, yakuniy qoʻshiq "Jaa ne, Mata ne." (yaponcha: じゃあね、またね。?, "See You, Catch You Later.") filmda Uta ovozini ijro etgan Riria (りりあ) tomonidan ijro etilgan.
Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining musiqasini Hiroyuki Sawano yaratgan.
Qabul qilinishi
Rotten Tomatoes sharh agregator veb-saytidagi 20 ta tanqid sharhlarining 50%i ijobiy. Metacritic sayti filmga „aralash yoki oʻrtacha sharhlar“ni koʻrsatuvchi 5 ta tanqidchi asosida 100 balldan 56 ball berdi.
Bubble kassada 509 309$ daromad koʻrgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org