Bryce Miranda




Bryce Brian Miranda (1999-yil, 23-sentyabrda tugʻilgan) — hind professional futbolchisi, Hindiston Superligasining Kerala Blasters klubida vinger sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Yoshligi



Mumbayda tugʻilgan Miranda Don Bosco maktabida oʻqishni boshlagan, u yerda u maktab jamoasida ham oʻynagan. U Mumbai FKning U-18 darajasigacha boʻlgan barcha yosh guruhlarini himoya qilgan. Keyinchalik u Union Bank FC safida turli turnirlarda oʻynadi. 2018-yilda Miranda FC Goa tomonidan imzolandi va ularning rivojlanish tomoniga kiritildi. Bir yil oʻtgach, u Income Tax FC klubiga qoʻshildi, u yerda 2019—2020-yillardagi Mumbai Elite divizionida uchta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirib, mavsumni yakunladi.

Churchill Brothers



2020-yil, 22-noyabrda Miranda I-Liga jamoasi aʼzosi Churchill bilan shartnoma imzoladi. 2021-yil, 10-yanvarda Miranda Churchill Brothers safida professional debyutini Indian Arrowsga qarshi I-liga oʻyinida oʻtkazdi. U mavsum davomida har bir oʻyinda maydonga tushib, bir gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. 2021-22-yilgi I-ligada Miranda klub safida 16 ta oʻyinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kerala Blasters



2022-yil, 15-iyun kuni Hindiston Superligasi klubi Kerala Blasters FC Churchill Brothersdan Mirandani nomaʼlum transfer narxi evaziga sotib olganini eʼlon qildi. U u’zoq yillik shartnoma imzoladi, klub bilan shartnoma 2026-yilgacha tuzilgan.

Xalqaro faoliyati



Miranda 2021-yil oktyabr oyida BAAda boʻlib oʻtgan OFK U-23 Osiyo Kubogi-2022 saralash bosqichi uchun Hindiston U-23 lageriga chaqirilgan edi. U 2021-yilning 30-oktyabrida Qirgʻizistonga qarshi oʻyinda Vikram Pratap Singh oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi



Klub



2022-yil, 15-iyun holatiga ko'ra[12]

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz