BRYANSK — Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Bryansk viloyatining ma’muriy markazi. Desna sohilida. Temir yo’l tuguni. Aholisi 460,5 ming kishi (1997). Bryansk dastlab 1146 yilgi solnomada tilga olinadi. Bryansk yirik industrial va madaniy markaz. Bryanskda mashinasozlik, avtomobilsozlik, qishloq xo’jalygi mashinasozligi zavodlari va metallsozlik yetakchi o’rinda. Qurilish materiallari (silikat g’isht, temirbeton buyumlari zavodlari, g’isht-ohak kombinati va boshqalar), yengil (kamvol kombinati, kanoptola fabrikalari va boshqalar), oziq-ovqat (un va go’sht kombinatlari, sut zavodi va boshqalar), kimyo sanoati korxonalari ishlab turibdi. Bryanskda 4 oliy o’quv yurti, 3 teatr, 2 muzey bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish