Bryan Rust




Bryan Peter Rust (talaffuzi: Brayan Piter Rust) (1992-yil 11-mayda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkeychi.

Yoshligi



Bryan Rust Michigan shtatining Pontiac shahrida tugʻilgan, ammo Michigan shtatining Troy shahrida oʻsgan.

Oʻyin faoliyati



Yoshligida Bryan Rust 2005-yilgi Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida „Detroit Honeybaked“ kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan.

Keyinchalik Bryan Rust oʻzining faoliyatini (2010-yildan 2014-yilgacha) Notre Dame universiteti xokkey jamoasida oʻtkazgan. Bryan Rust universitet jamoasi bilan jami 161 oʻyinda maydonga tushib, 97 ochko toʻplagan. Bryan Rust 2010-yilgi IIHF U18 jahon chempionatida AQSh jamoasi safida va 2013-yilgi Notre Dame xokkey jamoasi safida CCHA turnirida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Bryan Rust AHLdagi debyut oʻyinini 2013—2014-yilgi AHL mavsumida „Wilkes-Barre/Scranton Penguins“ xokkey jamoasida oʻtkazdi. Bryan Rust NHLdagi debyut oʻyinini 2014-yil 13-dekabrda „Pittsburg Penguins“ xokkey klubi safida „ Columbus Blue Jackets“ xokkey jamoasiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi. Bryan Rust NHLdagi ilk golini 2014-yil 15-dekabrda „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi darvozaboni Evgeni Nabokov darvozasiga kiritishga muvaffaq boʻldi.

Bryan Rust 2015—2016-yilgi mavsumda „Penguins“ xokkey klubi safida 33 oʻyinda 8 ochko toʻpladi. Shundan soʻng, Bryan Rust hamkasblari Scott Wilson va Tom Kühnhackl bilan birga „Pittsburgh“ xokkey jamoasi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

2016-yil 5-dekabrda Bryan Rust „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan uchrashuvda (8-5 hisobida g‘alaba) faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etdi.

2017—2018-yilgi mavsumda Bryan Rust golli uzatma va ochkolar boʻyicha karyerasidagi eng yuqori koʻrsatkichlarni qayd etdi. Bryan Rust „Penguins“ xokkey jamoasining 2018-yilgi Stanley kubogi pley-off bosqichiga olib chiqishiga yordam berdi. 2018-yilning 26-iyunida Bryan Rust „Penguins“ xokkey klubi bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi. Shartnoma yillik oʻrtacha 3,5 million dollarni tashkil qilar edi.

2021-yil 1-may kuni Bryan Rust NHLdagi 99 va 100-gollarini „Washington Capitals“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda kiritdi.

2022-yil 22-mayda, toʻrt yillik shartnomasining soʻnggi yilida, Bryan Rust „Penguins“ xokkey klubi bilan olti yillik 30,75 million dollarlik shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi



Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari




Xalqaro




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz