Bryan Mbeumo
Bryan Mbeumo (1999-yil 7-avgustda tugʻilgan) — professional futbolchi, Premyer-liganing „Brentford“ jamoasi va Kamerun milliy terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Mbeumo Troyes AC akademiyasi tarbiyalanuvchisi boʻlib, oʻzining katta faoliyatini ushbu klubda boshlagan. U 2019-yilda Brentford klubiga oʻtadi va 2021-yilda jamoasi bilan Premyer-liga darajasiga koʻtariladi. Mbeumo Fransiya yoshlari terma jamoasida xalqaro oʻyinlarda ishtirok etgan va 2022-yilga kelib Kamerun terma jamoasi safiga qoʻshilgan.
Klublardagi faoliyati
Troyes AC
Mbeumo 14 yoshida „Troyes“ jamoasiga faoliyatini boshlaydi va 2016-17-yilgi mavsumni klubning zaxira oʻrindigʻida yakunlaydi. U Troyes U19 jamoasining tarkibida oʻynagan va 2018-yil Kupe Gambardella gʻolibi boʻlgan. Ushbu jamoa safida Stade de Fransdagi finalda ikki marta gol urgan. Mbeumo klubdagi debyutini 2018-yil 17-fevralda Liga 1 jamoasi FC Metz ustidan g‘alaba qozonilgan oʻyinda oʻtkazgan va 2017-18-yilgi mavsumda yana uchta o‘yinda maydonga tushgan. 2018-19-yilgi mavsumda esa 40 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urishga erishadi. Ushbu mavsumda u jamoasi bilan Liga 2 pley-off yarim finalida mag‘lubiyatga uchraydi. U 2019-yilning avgust oyiga qadar 46 ta oʻyinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan holda klubni tark etadi.
Brentford
2019-yilning 5-avgustida Mbeumo Angliyaga ko‘chib o‘tadi va Chempionship klubi Brentford bilan besh yillik rekord darajadagi 5,8 million funt sterling evaziga shartnoma imzolaydi. U 2019-20-yilgi mavsumda 47 o‘yin o‘tkazib,16 ta gol uradi. Mbeumoning oʻyinlari London Football Awards 2020 da EFLda yilning eng yaxshi futbolchisi va yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi nominatsiyasi bilan eʼtirof etiladi. Mbeumoning gollari soni COVID-19 taʼsiri ostida boʻlgan 2020-21-yilgi mavsum davomida pasayib ketadi. Mbeumo Brentfordning 2021-yilgi chempionat pley-off finaliga qadar 2020-21-yilgi mavsum davomida 49 oʻyinda maydonga tushib, sakkizta gol uradi va jamoasi bilan final oʻyinidan gʻalaba qozonadi.
2022/23-yilgi mavsumoldi oʻrtoqlik oʻyinlarida Mbeumo 3-4-3 sxemasi asosida qanot himoyachisi sifatida maydonga tushib, ushbu pozitsiyada oʻzining koʻp qirrali ekanligini isbotladi.
Xalqaro faoliyati
Mbeumo U17, U20 va U21 toifalaridagi Fransiya terma jamoasi safida maydonga tushib, 10ta o‘yinda g‘alaba qozongan va bitta gol urgan. 2022-yil avgust oyida Mbeumo Kamerun terma jamoasiga oʻtganini eʼlon qiladi va 2022-yil sentyabr oyi oxirida oʻrtoqlik oʻyinlari uchun birinchi chaqiruvni qoʻlga kiritadi. U O‘zbekiston va Janubiy Koreyaga qarshi kechgan oʻrtoqlik oʻyinlarida maydonga tushgan.
Shaxsiy hayoti
Mbeumoning otasi kamerunlik. 2020-yil iyun oyida u COVID-19 kasalligiga chalinadi va bitta oʻyinni oʻtkazib yuboradi.
Faoliyatining statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlari
Brentford Manbalar
uz.wikipedia.org