BRUTMARKYUNIY
BRUTMARKYUNIY (miloddan avvalgi 85-42) — Rim siyosiy arbobi. Yuliy Tsezarga qarshi miloddan avvalgi 44 yilda uyushtirilgan fitna (Kassiy bilan birga) rahbari. Rivoyatlarga ko’ra, birinchi bo’lib Yu. Tsezarga xanjar solgan. Tsezarni o’ldirgandan keyin Rimdan ketgan. 2 triumvirat (Oktavian, Antoniy va Lepid) ga qarshi kurashda respublikachilarga Kassiy bilan birga rahbarlik qilib, unda yengilgach, o’zini o’ldirgan. Keyinchalik Brutmarkyuniy obrazi ideallashtirilib, zolimlikka qarshi respublika tarafdori deb ko’rsatilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz