Brusa




Bursa , Brusa — Turkiyaning shim.gʻarbidagi shahar. Bursa elining maʼmuriy markazi. Aholisi 835 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Muhim savdo-sanoat markazi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallurgiya, sement, yogʻochsozlik sanoati rivojlangan. Ipakchilik, ip gazlama, tamaki, yogʻmoy, koʻn poyabzal, avtomobil korxonalari bor. B. miloddan avvalgi 2-asrdan maʼlum. 1326—65 yillarda Usmonli turklar saltanatining poytaxti boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Ulugʻ jome (1396— 1400) masjidi, Murod II masjidi (1424—27), Yashil jome (1424) masjidi, shifoxona (1394) va boshqa saqlangan. Unt bor.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz