Bruno Viana




Bruno Viana Willemen da Silva (talaffuzi: Bruno Viana Villemen da Silva) (1995-yil 5-fevralda tugʻilgan) — braziliyalik futbolchi va hozirda Xitoyning „Wuhan Yangtze River“ klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Professional faoliyati



Cruzeiro



2016-yilning 10-martida Bruno Viana „Cruzeiro“ klubi safida „Atletiko Paranaense“ klubi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan holda oʻzining professional debyutini oʻtkazdi.

Olympiacos



2016-yil 31-avgustda mavsumoldi transfer oynasining soʻnggi kunida Viana „Olympiacos“ jamoasi safiga qoʻshildi.

„Cruzeiro“ himoyachilari ishtirokidagi transferlar orasida Viananing „Olimpiakos“ klubiga 2 million yevroga transfer qilingani diqqatga sazovor boʻldi. Braziliya valyutasida Bruno Viana transferi rialning yevro va AQSh dollariga nisbatan devalvatsiyasi tufayli 7,6 million R$ (Braziliya riali) yetdi va bu Braziliya futbolchilari oʻrtasidagi reytingda toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

2017-yilning 5-fevralida Bruno Viana oʻzining klub safidagi birinchi golini kiritib, Superligada Iraklisga qarshi oʻyinda hisobni ochdi. 2017-yilning 7-iyulida Bruno Viana Portugaliyaning „Braga“ klubi bilan „Olimpiakoc“ jamoasidan ijaraga olingan holda bir mavsumlik shartnoma imzoladi. 2017-yil 29-oktabrda Bruno Viana oʻzining yangi jamoasi safidagi birinchi golini „Chaves“ klubiga qarshi uyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda urdi.

Braga



2018-yilning 1-martida, Portugaliya Futbol Federatsiyasidan olingan soʻnggi xabarlarga koʻra, Braga jamoasi „Olimpiakos“ klubidan iqtidorli markaziy himoyachini sotib olishga qaror qilgan. Portugaliya klubi 2017-yil davomida barcha musobaqalarda 4 ta gol va 26 ta rasmiy oʻyin oʻtkazgan 23 yoshli braziliyalik futbolchini qoʻlga kiritish uchun 2018-yilning yozida taxminiy 3 million yevro toʻlashadi. Maʼlum qilinishicha, „Olimpiakoc“ klubi bu kelishuv uchun 3 million yevro oldi, Viana esa 2023-yilgacha boʻlgan besh yillik mavsumda Braga jamoasi safida oʻynaydigan boʻldi.

Flamengo (ijara)
2021-yil 12-fevralda Viana Flamengo jamoasiga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi.

Khimki (ijara)
2022-yil 9-fevralda Viana Rossiya Premer-ligasining „Khimki“ klubiga mavsum oxirigacha ijaraga berildi. Ijara shartnomasi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli muddatidan ertaroq toʻxtatildi.

Wuhan Yangtze River
2022-yil 28-aprelda Viana Xitoy Superligasining „Wuhan Yangtze River“ klubiga qoʻshildi.

Faoliyat statistikasi



Klub



2021-yil 4-noyabr holatiga ko`ra[10]

Yutuqlari



Klublar safida



Flamengo

Braga

Manbalar




Havolalar




Izohlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz