Bruno Senna




Bruno Senna Lalli (portugalcha talaffuzi: brunu ˈsenɐ, 1983-yil 15-oktyabrda tug‘ilgan) — braziliyalik professional poygachi. U „Formula-1“ boʻyicha uch karra jahon chempioni marhum Ayrton Sennaning jiyani hisoblanadi. Senna Lalli har bir WEC toifasidagi poygadalarda gʻolib chiqqan. 2017-yilgi WEC jahon chempionatida LMP2 klassidagi avtomobili bilan birinchilikni egallagan.

Faoliyati




Bruno Senna 2010-yildan 2012 yilgacha Formula 1da qatnashgan. U Hispania Racing jamoasi safida ilk debyutini amalga oshirgan ((2010-yil). 2011-yil avgust oyidan Nick Heidfeldning oʻrniga Renault jamoasi uchun poygalarda ishtirok etgan. 2012-yilda Williams jamoasi tarkibiga oʻtgan. 2014-yildan 2016-yilgacha kichik musobaqalarda qatnashgan. Navbatdagi mavsumda Mahindra Racing jamoasi tarkibida Formula E boʻyicha musobaqalarda ishtiok etdi. Uning onasi Ayrtonning katta opasi Viviane edi. Uning otasi Flavio Lalli 1996-yilda mototsikl halokatida vafot etgan. Bruno shlemining rang sxemasi uning amakisi Ayrton ishlatgan rang sxemasining biroz oʻzgartirilgan versiyasidir.

2012-yil 15-iyulda Senna Italiyaning Brisigella shahrida Lorenzo Bandini kubogini qo‘lga kiritdi, u mukofotni qo‘lga kiritgan 19-chi haydovchi bo‘ldi.

GP2 Series (2007-2008)




2006-yil oktyabr oyida Senna keyingi mavsumlardan boshlab Formula 1 poygalarida ishtirok etishini eʼlon qildi. U 2007-yilgi GP2 Series poygasida Red Bull homiyligidagi Arden International jamoasida ishtirok etgan. U Bahrayndagi debyutida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Ispaniyadagi bir qancha poygalarda birinchilikni qoʻlga kiritdi. Monakodagi yakkalik poygalarda Senna shinalar muammosi tufayli kurashni davom ettira olmadi va poygadan chiqdi.

HRT (2010)



2009-yil 30-oktabrda Senna Formula-1 poygalarida ishtirok etuvchi jamoa bilan shartnoma imzoladi. Senna vujudga kelgan muammolarga qaramay jamoada qoldi.

Shaxsiy hayoti



Senna 2011-yilda vengriyalik teleboshlovchi va aktrisa Ramona Kiss bilan oila qurgan.

Natijalar




GP2 Asia Series




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz