Bruno Petković




Bruno Petković (talaffuzi: Bruno Petkovich) (1994-yil 16-sentyabrda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Zagrebning Dinamo klubi va Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi.

Klubdagi faoliyati



Calcio Catania



2012-yil 27-avgustda Petković rasman „Catania“ klubiga oʻtgan. Petković kelganidan keyin toʻgʻridan-toʻgʻri klubning yoshlar akademiyasiga kiritilgan. Uning kattalar tarkibiga ilk chaqiruvi 2013-yilning 27-yanvarida, liga oʻyinida „Fiorentina“ boʻlgan. Uning ligadagi debyuti A Seriyaning 2012/2013-yilgi mavsumining soʻnggi oʻyinida, „Torino“ bilan safarda oʻtkazilgan. A Seriyaning 2013/2014-yilgi mavsumi oldidan Petković rasman asosiy jamoaga koʻtarilgan va 32-raqamli libosda maydonga tushgan.

Trapani va Boloniya



2016-yilning yanvarida Petković B seriyaning „Trapani“ klubiga oʻtgan. U B seriyaning ikkinchi bosqichida yettita gol urgan, . Keyingi mavsumda u B seriyaning 2016/2017-yilgi mavsumining birinchi davrasida uchta gol urgan. 2017-yilning 12-yanvarida Petković A Seriyaning „Bolonya“ jamoasi tomonidan 1,2 million yevroga sotib olingan. Petković 2018-yilning 11-yanvarida Hellas Verona jamoasiga ijaraga berilgunga qadar A Seriyada jami 21ta oʻyinda maydonga tushgan.

Dinamo Zagreb



2020-2021 mavsum
"Dinamo"ning „Lokomotiva“ga qarshi mavsumdagi ilk oʻyinini jarohati tufayli oʻtkazib yuborgan Petković 21-avgust kuni „Istra 1961“ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib, jamoasiga gʻalaba keltirgan golga mualliflik qilgan. Mavsum davomida Petković yomon jismoniy holati tufayli OAV va muxlislarning tanqidiga uchragan. Biroq, 2021-yilning 18-fevralida Yevropa ligasining 32-raundida u dubl qayd etgan va jamoasining uchinichi goliga asslik qilgan.

Xalqaro faoliyati



Xorvatiya U21 terma jamoasi safida 2013-yil 13-avgust kuni Lixtenshteynga qarshi oʻyinda faqat bir marta maydonga tushgan va 5:0 hisobidagi gʻalabada gol muallifiga aylangan.

2019-yilning 11-martida u Xorvatiya terma jamoasidan jarohat olgan Marko Pyakaning oʻrniga birinchi marta chaqiruv olgan. Petković 2019-yilning 21-martida Ozarbayjonga qarshi Yevro-2020 saralash oʻyinida debyut qilgan. U terma jamoadagi ilk golini 11-iyun kuni Tunisga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida kiritgan.

Petković Xorvatiyaning Yevro-2020 saralash bosqichidagi muvaffaqiyatli ishtirokida toʻrtta gol urgan va bitta golga assistentlik qilgan. U saralash bosqichini guruhning eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunlagan. Biroq, COVID-19 pandemiyasi tufayli turnir qoldirilganidan soʻng, Petković Xorvatiyaning 2020/2021-yilgi Millatlar Ligasidagi nursiz oʻyinlari tufayli tanqid qilingan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Xalqaro maydondagi gollar

Yutuqlari



Klub



Dinamo Zagreb

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz