Bruno




Bruno Saltor Grau (talaffuzi: Bruno Saltor) (1980-yil 1-oktyabrda tugʻilgan), oddiygina Bruno nomi bilan tanilgan, ispaniyalik futbol murabbiyi va oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynagan sobiq futbolchi.

U oʻzining professional faoliyatini „Espanyol“da boshlagan va La Liganing 128ta oʻyinida maydonga tushgan, asosiy faoliyati „Almeriya“ va " Valensiya " klublarida oʻtgan. 2012-yilda u „Brighton &Hove Albion“ bilan shartnoma imzoladi va yetti yilni ingliz klubida oʻtkazgan.

Klubdagi faoliyati



Ispaniya



Kataloniya, Barselona, El Masnou shahrida tugʻilgan Bruno RCD Espanyolning akademiyasida tahsil olgan. U asosiy jamoa safida faqat bir marta maydonga tushgan. 2001-yil 29-sentyabrda „Rayo Valyekano“ga qarshi oʻyinda 8 daqiqa oʻynagan.

Gimnassic de Tarragona (ijara) va UE Lleida bilan yana ikki marta oʻz viloyatida oʻynaganidan soʻng, Bruno 2006-yilning yozida UD Almeria safiga qoʻshilgan. Andalusiya jamoasining La Ligaga koʻtarilishida muhim rol oʻynagan. 2007\08-yilgi mavsumida u atigi toʻrtta liga oʻyinini oʻtkazib yuborgan.

2009-yil iyun oyi oʻrtalarida Bruno „Valensiya“ bilan uch yillik shartnoma imzolagan va „Almeriya“ning sobiq bosh murabbiyi Unai Emeri bilan yana bir jamoda birlashgan.

Brighton & Hove Albion




2012-yilning 25-iyunida „Valensiya“ safida ikki mavsumda yana 33 ta oʻyin oʻtkazgandan soʻng erkin agent sifatida EFL chempionatining „Brighton & Hove Albion“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. U oʻzining yangi jamoasidagi ilk golini 24-noyabr kuni Bolton Wanderersga qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan.

36 yoshida Bruno oʻz pozitsiyasida asosiy oʻyinchi boʻlib jamoasiga 34 yildan keyin 2016/17-yilgi mavsum oxirida Premer-ligaga koʻtarilishiga yordam bergan. Avvalroq, 2017-yilning mart oyida Bruno shartnomani bir yilga uzaytirishga rozi boʻlgan va 20-aprelda u Yilning eng yaxshi jamoasiga kiritilgan.

Bruno 2017-yilning 12-avgust kuni Angliya chempionatida debyut qilgan va oʻz maydonida „Manchester City“ga 2:0 hisobida magʻlub boʻlgan. 2018-yil 3-aprelda u yangi bir yillik shartnoma imzolagan. Ikki hafta oʻtgach, u yanvar oyida ilk oʻyinda "Tottenxem"ga qarshi maydonga tushgan va jamoasi bilan 1:1 hisobida durang oʻynagan.

2018/2019-yilgi mavsumning ochilish oʻyinida jarohat olgan Bruno oʻz oʻrnini ispaniyalik Martin Montoyaga boy bergan. Oktyabr oyi boshida safga qaytganiga qaramay, ketma-ket uchta gʻalaba qozongan boʻlsa ham, maydonga kam tusha boshlagan.

2019-yilning 10-mayida Bruno mavsum oxirida faoliyatini yakunlashini eʼlon qilgan. Uning oxirgi oʻyini „Manchester City“ga qarshi oʻtkazilgan. Uning jamoasi 4:1 hisobida magʻlub boʻlgan.

Murabbiylik faoliyati



2019-yil iyun oyida Bruno oʻzining sobiq klubi „Brighton & Hove Albion“da oʻyinchilarni rivojlantirish boʻyicha katta murabbiy etib tayinlangan.

2022-yil 8-sentabrda Bruno Grem Potterni oʻrniga, "Chelsi"ga murabbiy boʻlgan.

Klub statistikasi




Yutuqlari



Lleida

Brighton & Hove Albion

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz