Bruna Abdullah
Bruna Abdullah (1986-yil 24-oktyabrda tugʻilgan) — asosan Bollywood filmlarida suratga tushuvchi braziliyalik kino aktrisasi. U kattalar uchun „Grand Masti“ komediya filmida Maryam rolini va Punit Malxotraning "I Hate Luv Storys " (2010) filmida Jizel rolini ijro etgan. Shuningdek, u 2012-yilda Tamil filmi „Billa II“ va 2014-yilda „Jai Xo“ filmida Anne rolini ijro etgan.
Tarjimai holi
Bruna Abdullah Braziliyaning Guayba shahrida tugʻilgan. Otasining kelib chiqishi livanlik, onasining kelib chiqishi italyan-portugan. U Hindistonga sayyoh sifatida kelgan va Bollywoodda aktrisa boʻlib ishlay boshlagan va oʻz karyerasini yoʻlga qoʻyish uchun oʻz faoliyatini Braziliyadan Hindistonning Bombay (Mumbay) shahriga koʻchirgan. U IndusInd Bank, Reebok, Fiama Di Wills va boshqalar uchun bir nechta reklama roliklarida paydo boʻlgan.
Abdullahning birinchi klipdagi roli Shekhar Suman bilan birga „Mere Gham Ke Dayare Mein“ debyut albomida boʻlgan. U Anubhav Sinhaning „Cash“ filmi uchun „Rehem Kare“ qoʻshigʻida rol ijro etgan. Bruna Abdullah 2011-yilda chiqarilgan „Desi Boyz“ filmida raqslar ketma-ketligida paydo boʻlgan.
Bruna Abdullah „Queens Dance“ realiti-shousida, shuningdek, „Khatron Ke Khiladi“ telekoʻrsatuvida ishtirok etgan. U 2009-yil 9-sentyabrda „Fear Factor“ shousidan chetlashtirilgsn, 2009-yil 17-sentyabrda „Wild Card“ kartochkasini qayta olgan va 2009-yil 24-sentyabrda yana chiqarib yuborilgan. Keyin u 2018-yil 5-yanvarda chiqqan „Udanchhoo“ filmida suratga tushgan.
Shaxsiy hayoti
Bruna Abdullah 2018-yilning 25-iyulida shotlandiyalik yigiti Allan Freyz bilan unashtirilgan va ular 2019-yilning may oyida turmush qurishdi. Er-xotinning Izabella ismli qiz farzandi bor.
Filmografiyasi
Film
Televideniye
Manbalar
uz.wikipedia.org