Brugge Football Club




Brugge (niderlandcha: Club Brugge Koninklijke Voetbalvereniging — „Royal Football Society Club Brugge“; niderlandcha talaffuzi: [klʏˈbrʏɣə ˌkoːnɪŋklekə ˈvudbɑlvəreːnəɣɪŋ]) — Belgiyaning Gʻarbiy Flandriya provinsiyasi Brugge shahridagi professional futbol klubi hisoblanadi. 1891-yilda tashkil etilgan klub Belgiyaning eng qadimgi futbol klublaridan biri hisoblanadi, shuningdek, milliy chempionatning ikki tan olingan gigantlaridan biri deb qaraladi. „Brugge“ Yevropaning eng nufuzli klub turniri — Yevrokubok finalida ishtirok etgan yagona Belgiya klubi (1978-yil).

Tarixi



Ushbu klubdan tashqari, Brugge shahrida yana bir futbol klubi mavjud boʻlib— unchalik katta boʻlmagan „Cercle Bruges“ nomi bilan atalgan. „Brugge“ milliy chempionatdagi birinchi gʻalabasini faqat 1919-1920-yillardagi mavsumda (Birinchi jahon urushidan keyingi birinchi chempionatda) qoʻlga kiritdi va bungacha klub besh marta Belgiya chempionatining kumush medali sohibiga aylandi. Biroq, undan keyingi klub uchun oltin yillar faqat 50 yildan keyin keldi. 70-yillarning oʻrtalarida „Brugge“ni mashhur Ernst Xappel boshqargan, u ketma-ket 3 mavsum klubni chempionlikka olib chiqqan (1975-1976, 1976-1977, 1977-1978-yillar). Xuddi shu murabbiy qoʻl ostida klub oʻz tarixidagi eng muvaffaqiyatli Yevropadagi oʻyinlarni oʻtkazdi. Aynan oʻshanda „Brugge“ Chempionlar kubogi va UEFA kubogi finaliga qadar yetib borgandi, ammo muxlislarning hafsalasi pir boʻlib, har ikki safar ham bir raqib — „Liverpool“dan magʻlub boʻlishgan. Klub oʻzining keyingi tarixida har oʻn yilda 2-3 marta mamlakat chempioni va Belgiya kubogi sohibiga aylangan .

Oldingi nomlari




Derbilar tarixi



„Brugge“da uchta asosiy derbi mavjud boʻlib, bular „Anderlext“ klubi bilan oʻyinlar hisoblanadi. „Standard Club“ (Topper) bilan ikkinchi derbi. „Gent“ga qarshi uchinchi derbi („Flandriya“ derbisi). „Sercle Brugge“ga qarshi toʻrtinchi derbi („Brugge“ derbisi).

Tarkibi



2021-yil 31-yanvar holatiga ko‘ra. Manba: transfermarkt.com saytidagi futbolchilar roʻyxati

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz