Bruce McCandless II




Bruce McCandless II (1937-yil 8-iyun – 2017-yil 21-dekabr) Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz floti zobiti va aviatori, elektrotexnika muhandisi va NASA astronavti boʻlgan.

Erta hayot va taʼlim



Bruce 1937-yil 8-iyunda Massachusets shtatining Boston shahrida tugʻilgan. AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining uchinchi avlod ofitseri Bruce McCandlessning oʻgʻli va Willis W. Bradleyning nabirasi hisoblanadi, Uning otasi hamda bobosi „Shon-sharaf“ medali sohibi boʻlishgan. U 1954-yilda Kaliforniyaning Long-Beach shahridagi Vudro Vilson nomidagi katta oʻrta maktabni tamomlagan.

1958-yilda u Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy-dengiz akademiyasining bakalavr darajasini oldi. Kasbiy faoliyati davomida u 1965-yilda Stanford universitetida elektrotexnika boʻyicha magistr darajasini va 1987-yilda Xyuston-Clear Lake universitetida MBA darajasini ham olgan.

Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz floti



McCandless Florida shtatidagi Pensakola va Texasdagi Kingsvill dengiz havo stansiyalarida dengiz havo kuchlarini oʻqitish qoʻmondonligida parvoz mashgʻulotlarini oʻtadi.

1960-yil mart oyida u Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz aviatori etib tayinlandi. McCandless Duglas F4D-1 qoʻnish mashgʻulotlari oʻtash uchun Ki-Uest dengiz havo stantsiyasiga yoʻl oldi.

1960-yil dekabridan 1964-yil fevraligacha u Skyray va McDonnell Duglas F-4B Phantom II samolyotlarida uchuvchi sifatida 102-qiruvchi otryadga (VF-102) tayinlandi.

1964-yil boshida uch oy davomida McCandless Virginia shtatidagi Okeana dengiz havo stantsiyasida 43-hujum otryadida (VA-43) asboblar boʻyicha uchish oʻqituvchisi sifatida faoliyat olib borgn. Soʻngra u Stenford universitetidagi harbiy- dengiz zahiralari ofitserlarini tayyorlash korpusida elektrotexnika boʻyicha magistratura boʻlimida faoliyat olib borgan.

Dengiz xizmati davomida u Lockheed T-33B Shooting Star, Northrop T-38A Talon, McDonnell Duglas F-4B Phantom II, Duglas F4D Skyray, Grumman F11F Tiger, Grumman F9F Cougar, Lockheed T-1 va Seacraft samolyotlarida uchish mahoratiga ega boʻldi.

U 5200 soatdan ortiq parvoz vaqtiga ega boʻlib, shu jumladan reaktiv samolyotlarda 5000 soatni qayd etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz