BROYL (DE BROLI)



BROYL (DE BROLI) (de Broglie) — aka-uka frantsuz fiziklari: 1) Moris (1875-1960). Ilmiy ishlari rentgen spektroskopiyasi, atom va yadro fizikasiga oid; 2) Lui (1892. 15.8, Dep — 1987) — frantsuz fizigi, professor, Parij Fanlar Akademiyasi haqiqiy a’zosi (1933). Kvant mexanika asoschilaridan biri, materiyaning to’lqin xususiyati to’g’risidagi g’oyani ilgari surgan (1924). Ilmiy ishlari atom yadrosi tuzilishi, to’lqin o’tkazgichlarda elektromagnit to’lqinlarning tarqalishi, fizika tarixi va uslubiyatlariga oid. Nobel mukofoti laureati (1929).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz