BROUN (BROWN) ROBERT



BROUN (BROWN) ROBERT (1773.21.12, Montroz — 1858.10.6, London) — ingliz botanigi. Brounning morfologik, embriologik tadqiqotlari o’simliklarning tabiiy sistemasini tuzishda katta ahamiyatga ega. Broun urug’kurtakda murtak xaltachasi bo’lishini kashf qilgan, igna bargli va sagovniklar urug’kurtaklarida tuguncha bo’lmasligini ko’rsatgan (1825), yopiq urug’li va ochiq urug’li o’simliklar o’rtasidagi asosiy farqlarni aniqlagan; igna barglilarning urug’kurtagida urg’ochilik ko’payish organi (arxegoniy) bo’lishini aniqlagan. O’simliklar hujayrasi yadrosini birinchi bo’lib to’g’ri tavsiflagan. 1827 yil Broun harakatini kashf etgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz