Brooks togʻ tizmalari




Brooks (Gwich’in: Gwazhał) – Shimoliy Amerikaning uzoq shimolida gʻarbdan sharqqa qarab shimoliy Alyaska boʻylab Kanadaning Yukon hududigacha choʻzilgan togʻ tizmasi. Eng baland nuqtasi Isto choʻqqisida (2736 metr) boʻlgan togʻ tizmasi tahminan 126 million yosh deb hisoblanadi. Kanadada Britaniya Kolumbiyasining shimoliy chegarasi Liard daryosi deb hisoblanganligi sababli Brooks Qoyali togʻlardan alohida deb qaraladi, ammo Qoʻshma shtatlarda bu togʻlar Qoyali togʻlarning davomi hisoblanadi. Bu togʻlarda deyarli inson yashamasada Dalton katta yoʻli va Alyaskaning Shimoliy qirgʻoqlaridagi Prudhoe koʻrfazida joylashgan neft konlariga ketadigan Alyaska quvur yoʻllari Brooksdagi Atigun soʻqmogʻi boʻylab oʻtadi. Arktika qishlogʻi va Anaktuvuk kabi Alyaska mahalliy qishloqlari hamda Chandalar, Beetles, Wiseman va Coldfoot kabi kichik jamoalar bu hududning asosiy manzilgohlarini tashkil etadi. Uzoq gʻarbda, Long togʻlaridagi Wulik daryosi yaqinida esabdunyodagi eng katta Red Dog rux koni joyalshgan.
Togʻ tizmasi 1925-yilda Qoʻshma Shtatlarning Geografik Nomlar Boʻyicha Qoʻmitasi tomonidan
Qoʻshma Shtatlar Geologik Tadqiqotining 1903-yildan 1924-yilgacha Alyaska uchun bosh geologi boʻlgan Alfred Hulse Brooks sharafiga nomlangan. Togʻ tizmalarining Kanadadagi qismi rasman Britaniya Togʻlari deb nomlangan.

Choʻqqilari




Filmlar



Brooks togʻ tizmalari haqida filmlar:

Iqlimi



Garchi Alyaskaning janubi va qirgʻoqboʻyi hududlarida 640 sm dan 1300 sm gacha qalinlikda qor yogʻsada, Brooksdagi oʻrtacha qor yogʻingarchiligi 76 sm dan 130 sm gachani tashkil etadi. Sharqiy va gʻarbiy qismlaridagi oʻzgaruvchan iqlim tufayli 1969-2018-yillarda Brooksdagi yillik yogʻingarchilik miqdori 17.2% ga oshdi. Anaktuvukdagi ob-havo stansiyasining maʼlumotlariga koʻra, oʻrtacha yozgi haroratning eng balandi 16 °C (61 °F) va eng pasti 3 °C (37 °F)ni qish davomida esa oʻrtacha yuqori harorat −22 °C (−8 °F)ni va oʻrtacha past harorat −30 °C (−22 °F)ni tashkil qiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz