Brooks Macek




Brooks Macek (talaffuzi: Bruks Masek) (1992-yil 15-mayda tugʻilgan) — kanadalik-germaniyalik professional xokkeychi. Hozirda Brooks Macek Kontinental xokkey ligasining (KHL) „ Avtomobilist Yekaterinburg“ xokkey jamoasi bilan oʻynamoqda.

Oʻyin faoliyati



Macek 2008-yilgacha Bantam AAA va Midget AAA darajasida „Notre Dame Hounds“ xokkey klubi safida faoliyat olib borgan edi. Brooks Macek 2013-yilgacha jami 319 ta WHL oʻyinini oʻtkazdi.

Brooks Macek 2012—2013-yilgi mavsumda „Calgary Hitmen“ xokkey klubi safida harakat qildi. Brooks Macek jamoada kapitan yordamchisi etib tayinlandi. Brooks Macek klub safida 70ta WHL oʻyinlarida maydonga tushib, 32 gol urishga muvaffaq boʻldi. Shundan soʻng, Macek faoliyatini Germaniyada davom ettirishga qaror qildi. 2013-yil iyun oyida Brooks Macek Germaniyaning Deutsche Eishockey liga jamoasi „Iserlohn Roosters“ xokkey klubi bilan ikki yillik shartnoma tuzdi. 2015-yilda Brooks Macek klub bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi. Brooks Macek klub safida jami 154 ta DEL oʻyinida (51 gol, 61 golli uzatma) va 22 ta pley-off bahsida (toʻqqizta gol, 7 golli uzatma) maydonga tushdi. 2016-yil may oyida Brooks Macek DEL jamoasi "EHC Münche" xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi. U „EHC Münche“ xokkey klubi bilan 2017-yilgi Germaniya chempionatida gʻalaba qozondi. 2018-yilda „EHC Münche“ jamoasi ketma-ket ikkinchi marta Germaniya chempionligini qoʻlga kiritdi. Brooks Macek 2017—2018-yilgi mavsumda klub safida 67 ta oʻyinda maydonga tushib, 34 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.

2018-yil 12-iyun kuni Brooks Macek NHLning „Vegas Golden Knights“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi (NHLning oʻrtacha yillik maoshi 650 000 dollar va Amerika xokkey ligasining asosiy maoshi 175 000 dollar). Shimoliy Amerikadagi birinchi mavsumida Brooks Macek „Vegas Golden Knights“ xokkey klubining Amerika xokkey ligasi (AHL) filiali „Chicago Wolves“ xokkey klubi safiga yuborildi. Brooks Macek klub bilan Calder kubogi finaliga chiqdi.

Keyinchalik, 2019-yilning 21-iyunida Brooks Macek Rossiyaning KHL jamoasi „Avtomobilist Yekaterinburg“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi



Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari




Xalqaro




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz