BRONXOGRAFIYA
BRONXOGRAFIYA (bronx va Yunoncha Grapho — yozaman) — hiqildoq (traxeya) va bronx yo’llariga kontrast modda yuborib, rentgenologik tekshirish usuli. Birinchi marta 1918 yil o’tkazilgan. Bronx, o’pka, qorin bo’shlig’i a’zolari kasalliklari va boshqalarga tashhis qo’yishda qo’llaniladi. Bronxografiya qilish lozimligi yoki mumkin emasligini vrach belgilaydi, bunda albatta bemorning umumiy ahvoli va kasalligi hisobga olinadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz