BRONETRANSPORTYOR
BRONETRANSPORTYOR — zirhli jangovar mashina. Pulemyot, to’p va boshqa qurollar bilan qurollantiriladi. Motoo’qchi bo’linmalar (20 kishigacha) ni tashish, og’ir qurol-yarog’larni tirkash va razvedka ishlarida qo’llaniladi. Bronetransportyorning g’ildirakli, yarim o’rmalovchi, o’rmalovchi (gusenisali), ochiq va yopiq turlari bor. Suvdan suzib o’ta oladi. Bronetransportyor devorlarida o’q otish uchun mo’ljallangan maxsus teshik (shinaklar) bor. Bronetransportyor minorali va minorasiz bo’lishi mumkin.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz