BRONEPOYEZD — parovoz (teplovoz) va platformalari zirhli harbiy poezd. Temir yo’lda jang qilish, temir yo’l atrofidagi qo’shinlarga yordam berish, muhim temir yo’l uzellarini, ko’priklar va boshqa muhim ob’yektlarni mudofaa qilish vazifalarini bajargan. Bronepoyezd tarkibida zirxli parovoz (teplovoz), 3-6 maydoncha, 2— 4 nazorat platformalari bo’lgan. Zirhli maydonchaga (2 yoki 4 o’qli, zirhlangan temir yo’l platformasiga) 1-2 to’p, 3-6 pulemyot o’rnatilgan. Bronepoyezdlar l-jahon va 2-jahon urushlarida qo’llanilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish