BROMARGIRIT



BROMARGIRIT (Brom—Argyrit tarkibiga qarab atalgan) — mineral. Bromidlar guruhiga mansub. Kimyoviy formulasi AgBr. Kub singoniyali. Kub, kuboktaedrli kristallar va donachalar. Yashildan sariqgacha, olmossimon, mumsimon yaltiraydi, ba’zan xira. Qattiqligi 2,5. Sof og’irligi 6,5. B. Nurota tog’laridagi oltin konlari oksidlanish zonasida aniqlangan. Bromagnit kam uchraydi. O’zbekiston (Nurota tog’lari), Meksika (Sanonofre) va Chilida (Chanarkilo) bor. Kumush olinadigan ruda. Sinonimi: bromirit, bromli kumush.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz