Brody Sutter
Brody Sutter (talaffuzi: Brodi Sutter) (1991-yil 26-sentyabrda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Brody Sutter hozirda Erste Bank xokkey ligasida (EBEL) „Vienna Capitals“ xokkey klubida faoliyat olib bormoqda. U „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi safiga 2011-yilgi NHL kirish loyihasida 193-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi.
Oʻyin faoliyati
Yoshligida Sutter 2004-yilda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida „Florida Junior Panthers“ kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan. Keyinchalik Brody Sutter Gʻarbiy xokkey ligasi vakili „Lethbridge Hurricanes“ xokkey klubi bilan 2008-yildan 2012-yilgacha oʻynagan. Shundan soʻng, Brody Sutter 2012-yil 1-iyun kuni „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi.
Brody Sutter NHLdagi ilk oʻyinini 2014-yil 16-oktyabrda Madison Square Gardenda „New York Rangers“ xokkey klubiga qarshi o‘yinda „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi bilan o‘tkazdi.
2016—2017-yilgi mavsumning boshida (2016-yil 11-oktyabrda) Brody Sutter Connor Brickley evaziga „Carolina Hurricanes“ klubi tomonidan „Florida Panthers“ xokkey klubiga almashtirildi. Shundan soʻng, Brody Sutter klubning AHL shoʻbasi „Springfield Thunderbirds“ xokkey klubi safiga yuborildi. Brody Sutter klub safida atigi 18 ta oʻyinda maydonga tushib, 9 ochko toʻpladi.
Sutter oltita professional mavsumdan so‘ng Shimoliy Amerikani tark etdi va 2018-yil 2-avgustda Finlandiyaning „Vaasan Sport“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzolashga rozi bo‘ldi. 2018-2019-yilgi mavsumda Sutter „Vaasan Sport“ klubi safida 45 ta oʻyinda maydonga tushib, 21 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi.
Shundan soʻng, erkin agent sifatida Sutter faoliyatini Yevropada davom ettirdi va 2019-yilning 8-mayida Germaniyaning DEL jamoasi „Iserlon Roosters“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Brody Sutter klub safida ikki mavsum davomida harakat qildi. Keyin Brody Sutter 2021—2022-yilgi mavsum uchun „Vienna Capitals“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org