Brittney Sykes




Brittney Sykes (talaffuzi: Britney Sykes; 1994-yil 7-fevralda tugʻilgan) — Ayollar Milliy Basketbol Assotsiatsiyasining (WNBA) Los Angeles Sparks jamoasida oʻynagan amerikalik professional basketbolchi. U 2017-yilgi WNBA draftida yettinchi umumiy tanlov bilan jamoa tarkibiga tanlangan.

Oʻrta maktab davri



Sykes New Jersey shtatining Newark shahridagi oʻrta maktabda oʻqigan. Oʻrta maktabdagi oʻquvchilar bilan birga u Philly Belles nomli jamoada oʻynagan. Uning oʻrta maktabdagi yutuqlari, 2012-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari U18 terma jamoasi aʼzosi, 2012 McDonald’s All-American, 2012-yilgi USA Today All-USA Second Team, All-Tri-State Second Team, All-State, All-Essex Countydan iborat. Oʻzining oʻrta maktabdagi faoliyatida u yuqori sinfda oʻrtacha 18,9 ball, 12,9 ribaund va 3,6 golga assistentlik qilgan. Maydondagi yutuqlaridan tashqari, Sykes Milliy sharaf jamiyati, talabalar kengashi va MSG Varsity Club aʼzosi boʻlgan.

Kollej jamoasidagi faoliyati



Sykes Syracuse universitetida tahsil olgan. U besh yil kollejda oʻqigan. Tizzasidan olgan jarohati tufayli Sykes uchinchi mavsumda atigi toʻrtta oʻyin oʻtkazgan. Oʻzining toʻrt mavsumida u himoyachi va kichik hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. Sykes kollejdagi faoliyati davomida jami 138 ta oʻyin oʻtkazgan (bu oʻyinlarning 137 tasini boshlagan) va har bir oʻyinda oʻrtacha 29,5 daqiqa, 1,9 golli uzatma, 5,9 ribaund qayd etgan. U kollejdagi faoliyatini SU ayollar basketboli jamoasida gol urish boʻyicha uchinchi oʻrinda yakunlagan.

Shaxsiy hayoti



Sykes Michael va Reginaning qizi. Uning ikkita katta akasi bor. Sykes Syracuse universitetini aloqa va ritorik tadqiqotlar boʻyicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan.

Syracuse jamoasidagi faoliyat statistikasi



Manba

WNBAdagi faoliyati



2017-yilgi WNBA draftida yettinchi tanlov bilan Atlanta Dream jamoasi tomonidan tanlanganidan soʻng Sykes juda muvaffaqiyatli yangi mavsumni oʻtkazgan. U jamoa bilan uch yillik shartnoma imzolagan.

WNBAdagi faoliyat statistikasi




Muntazam mavsum




Mavsumdan keyingi faoliyati




AQSH jamoasidagi faoliyati



2018-yilning 14-martida Sykes yangi mavsumdagi ochkolari tufayli 2018—2020-yilgi mavsum uchun milliy terma jamoa tarkibiga kiritilgan. Sykes professional boʻlishdan oldin 2012-yilgi AQSh U18 va 2013-yilgi AQSh U19 terma jamoalari sinovlarida ham ishtirok etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz