Brittany Daniel




Brittany Ann Daniel (talaffuzi: Britini Enn Deniel; 17-mart, 1976-yil, Florida, AQShda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. U fotograf va sobiq aktrisa Cynthia Danielning egizagidir.

Daniel oʻzi ishtirok etgan Sweet Valley High (1994—1997) nomli oʻsmirlar dramatik serialidagi Jessica Wakefield roli va „The Game“ (2006-2011; 2014-2015) nomli CW/BET tomonidan efirga uzatilgan komedik drama teleserialdagi Kelly Pitts rollari bilan mashhur. Uning film shartnomalari orasida Joe Dirt (2001) va ushbu filmning 2015-yildagi davomida ijro etgan Brendy roli, shuningdek, White Chicks (2004) va Skyline (2010) filmlari ham mavjud.

Yoshligi



1976-yil 17-mart sanasida Brittany va uning egizak singlisi Cynthia (talaffuzi: Sinti) Florida shtatining Gainesville shahrida Carolyn va Charlton Bradford (C.B.) Daniel Junior oilasida tavallud topgan. Egizaklarning Brad ismli akalari ham bor.

11 yoshida ikkala qiz ham Ford agentligi bilan shartnoma imzolaydilar va modelling sohasida oʻzlarini sinab koʻradilar. Ular Seventeen va YM nomli jurnallar muqovalarida koʻrinish bera boshlaydilar. Egizaklar Doublemint saqichining reklamalarida „Doublemint Twins“ (tarjimasi: Doublemint egizaklari) sifatida ham paydo boʻlishadi.

Faoliyati



Ikkala qiz ham aktyorlik faoliyatini 1989-yilda The New Leave It to Beaver sitkomida suratga tushishi bilan boshlagan. 1992-yilda, oʻn olti yoshida, Brittany qisqa muddatli sindikatlashtirilgan Swanʼs Crossing nomli oʻsmirlar dramasida Mila Rosnovsky rolini qoʻlga kiritadi. Aktrisa serialda suratga tushish uchun New Yorkka koʻchib oʻtadi.

Oʻrta maktabdan soʻng, u Sweet Valley High teleserialida Jessica Wakefield rolini gavdalantiradi (egizak opasi Cynthia Jessicaning egizaki Elizabeth obrazini tasvirlagan). Sweet Valley High shousi davomida qizlar Leonardo Di Caprio bilan birga The Basketball Diaries (1995) dramasida oʻzlarining kinolardagi debyutini amalga oshirishadi.

1997-yilda Sweet Valley High bekor qilingandan soʻng ham, Daniel filmlar va teleseriallarda rol oʻynashni davom ettiradi. Shu jumladan, 1999-yilda Dowson's Creekda va keyingi yili TBS efirga uzatgan On Hostile Ground televizion filmida rol oʻynashga muvaffaq boʻladi. U 2001-yilda Joe Dirt filmida bosh rolni ijro etgan David Spadening Brandy ismli sevgilisi sifatida paydo boʻladi. 2002-yilda Daniel 80s Show nomli qisqa muddatli Fox telekanalida efirga uzatilgan teleserialda bosh qahramonlardan birining rolini gavdalantiradi.

Shaxsiy hayoti



2014-yil mart oyida Daniel 2011-yilda unga limfomaning IV bosqichi tashxisi qoʻyilganligini va u kimyoterapiyadan oʻtganini maʼlum qiladi. 2014-yilga kelib u saraton kasalligidan xoli boʻladi. Aktrisa 2007-yildan 2014-yilgacha aktyor Keenen Ivory Wayans bilan ishqiy munosabatda boʻlib kelgan. 2017-yilda u Adam Touniga turmushga chiqadi. 2021-yil 24-oktabrda esa Brittany singlisi Cynthia bachadon tuximining bir qismini unga hadya qilganidan soʻng Hope Rose Tounini ismli qiz farzand koʻradi.

Filmografiyasi



Filmlarda




Televizion rollari




Mukofotlar va nominatsiyalari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz