“BRITISH SKAY BRODKASTING” (Biskaybi (British Sky Broadcasting — BSkyB) — Yevropadagi sun’iy yo’ldosh orqali teleko’rsatuvlar beruvchi eng yirik xususiy kompaniyalardan biri. 1990 yilda K. R. Myordokning “Skay Televijn” (Sky Televisione) kompaniyasi bilan “British Satellayt Brodkasting” (British Satellite Broadcasting) konsortsiumi qo’shilishi natijasida tashkil bo’lgan. Londonda joylashgan. G’arbiy Yevropa uchun ingliz tilida 6 kanal (ommaviy ko’ngil ochar tomoshalar, komediyalar, sport ko’rsatuvlari, yangiliklar; kinofilmlar — 2 kanal) da ko’rsatuvlar beradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish