Britaniya Kolumbiyasi universiteti




Britaniya Kolumbiyasi Universiteti (inglicha: University of British Columbia, qisqartma shakli: UBC ) Vankuver yaqinida va Kelowna shaharlarida kampuslari joylashgan davlat tadqiqot universitetidir . 1908-yilda tashkil etilgan bu universitet Britaniya Kolumbiyasidagi eng qadimgi universitet hisoblanadi. Universitetning yillik tadqiqot byudjeti 759 million dollarni tashkil etadi va UBC yiliga 8000 dan ortiq loyihalarni moliyalashtiradi.

Tarix



Asosiy va dastlabki yillar




1877-yilda, Britaniya Kolumbiyasi Kanadaga qoʻshilganidan olti yil vaqt oʻtgach, taʼlim boʻlimi boshligʻi Jon Jessop ushbu provinsiya universitetini tashkil etish taklifini kiritdi. Provinsiyaning qonun chiqaruvchi organi 1890-yilda Britaniya Kolumbiyasi universitetini qoʻllab quvvatlash toʻgʻrisidagi qonunni qabul qildi, ammo universitetni Vankuver orolida yoki asosiy qismda qurish masalasida kelishmovchiliklar paydo boʻldi.

1908-yilda Britaniya Kolumbiyasi universiteti toʻgʻrisidagi qonun rasmiy ravishda ushbu universitetini tashkil etishga chaqirdi, garchi uning aniq joylashuvi koʻrsatilmagan boʻlsa ham.

Yaqin tarix



Bosh vazir Pierre Trudeau 1971-yil 1-iyulda Britaniya Kolumbiyasi universitetida Antropologiya muzeyi tashkil etilganini eʼlon qildi. Qurilish narxi 2,5 million dollarni tashki qilgan va  Artur Erikson tomonidan loyihalashtirilgan. Muzey binosi rasman 1976-yilda ochilgan Oʻsha yili universitet Salli Rogou rahbarligida oʻqituvchilarga bir nechta nogiron yoki koʻrish qobiliyati cheklangan talabalarni oʻqitish usullarini oʻrgatish uchun oddiy maktab dasturini boshladi.

Kampuslar




Kutubxonalar, arxivlar va galereyalar



Britaniya Kolumbiyasi kutubxonasi - 7.8 million jild, 2.1 million elektron kitoblar, 370 000 dan ortiq elektron jurnallar va 700000 dan ortiq maqolalarni oʻz ichiga jamlagan Kanadaning ikkinchi yirik akademik kutubxonasidir. 2014-yildan 2015-yilgacha 3,8 milliondan ortiq kampusga tashrif buyurilgan.

Manba




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz