Britaniya Kolumbiyasi




'Britaniya kolumbiyasi'. — Kanada gʻarbidagi provinsiya. Maydoni 947,8 ming km². Aholisi 3,0 mln. kishidan ziyod (1990- yillar oʻrtalari). Ma’muriy markazi — Viktoriya shahri B. K. Tinch okean sohili boʻylab joylashgan. Tarkibiga Vankuver, Qirolicha Sharlotta va boshqa orollar ham kiradi. Relefi togʻli (Qoyali togʻlar, Kordilera togʻi tizmalari va boshqalar). Sohil qismida iqlimi yumshoq, sernam, togʻlarda sovuq, yillik yogʻin 240 mm, vodiylarda 300–400 mm. Asosiy daryolari — Freyzer, Kolumbiya. Ygna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Sanoatining asosiy tarmoqlari: konchilik (rux, qoʻrgʻoshin, molibden, mis va boshqalar), taxta tilish, sellyulozaqogʻoz. Rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Togʻ daryolariga GES qurilgan. Britaniya Kolumbiyasi da sut chorvachiligi yetakchi oʻrinda, sabzavot va mevalar yetishtiriladi. Baliqovlanadi. Muhim sanoat markazlari — Vankuver va Viktoriya shahri

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz