Brit mila




Brit mila - xatna marosimi bo‘lib, yahudiy farzandi tug‘ilganining sakkizinchi kuni bajariladi. Biroq, xatna katta yoshdagi insonlarda ham qilinishi mumkin.Shuningdek, u erkalar uchun g‘uyur (yahudiylik dinini qabul qilish) jarayonida asosiy shartlardan biri sifatida belgilangan. Yahudiy donishmandlari brit milaning sakkizinchi kuni o‘tkazilishining ba’zi sabablarini keltirib o‘tadilar:
tibbiyot nuqtai nazaridan bola sakkiz kun ichida ushbu jarayonga tayyor bo‘ladi;
ushbu muddat ichida bolaning sog‘ligi brit milaga tayyor yoki yo‘qligini ko‘rsatadi;
Talmudga ko‘ra, ona bu vaqt ichida o‘zini tiklab oladi va hursandchilik hodisasiga qatnashadi. Shanba kuni qon chiqarish ta’qiqlangan bo‘lsada, xatna qilish bundan mustasnodir. Tavrot brit milani sakkizinchi kun deb, aniq belgilab, shanba kunini istisno qilmagan. Biroq, bolaning sog‘ligiyoki boshqa biror sababga ko‘ra, brit mila sakkizinchi kuni qilinmasdan qoldirilsa, Shanba kuni uni qilishga ruxsat berilmaydi. Brit milani kunduzi qilishlik buyuriladi.Odatda brit mila sinagogada tonggi ibodatdan so‘ng amalga oshiriladi. Hozirgi kunda Isroilda o‘n kishidan iborat jamoa bo‘lib, uyda ham brit mila qilish urfga kirgan. Brit mila maxsus o‘qitilgan moel tomonidan qilinadi.Unga “sandak” yordam berib turishi belgilab quyilgan.Marosim yakunida barcha yig‘ilganlar bolaning ota-onasini tabriklaydilar.Shundan so‘ng, unga ism qo‘yiladi.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz