Bristol




Bristol — Buyuk Britaniyaning jan.gʻarbidagi shahar, Angliyada; Eyvon daryosi Bristol qoʻltigʻiga quyiladigan joy yaqinida. Aholisi 378 ming kishi (1988). Yirik port va temir yoʻl tuguni. Mashinasozlik (aviatsiya, aviaraketa, motorsozlik) taraqqiy etgan. Oziq-ovqat, koʻn poyabzal, rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, poligrafiya sanoati korxonalari, universitet bor. Meʼmoriy yodgorliklardan SentPiter gospitali (12-asr), SentMeriRedkliff gotika sobori (13-asr—1475) va boshqa saqlangan. Shaharga 6-asrda asos solingan.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz