Brisbane Skytower
Brisben Skytower (269.6 metr) Avstraliyaning Brisben shahri Margaret koʻchasi 222-uydagi osmonoʻpar bino. Brisben Skytower 90 qavatli turar-joy minorasi boʻlib Brisbendagi eng baland bino. Avstraliya va Okeaniyada oltinchi eng baland bino hisoblanadi. Dunyo boʻyicha Brisbane Skytower 349-eng baland bino hisoblanadi.
Brisbane Skytower
111+222 loyihasidagi ikkita binolardan biri; ikkinchisi Meri koʻchasi 111-uyda joylashgan 42 qavatli, besh yulduzli Westin mehmonxonasi boʻlib, u 2015-yilning sentyabr oyida Felicity Hotel Group kompaniyasiga sotilgan va hozirda Meri Leyn nomi bilan tanilgan.
Turar-joy minorasi 1138 ta bir, ikki va uch xonali kvartiralarni shuningdek, penhauslarni oʻz ichiga oladi. 89-qavatdagi dam olish maydonchasida Avstraliyaning eng baland suzish havzasi joylashgan. Sakkiz qavatli yertoʻladagi avtoturargoh boʻlib, jami 980 oʻrinni oʻz ichiga oladi.
Loyiha Billbergia va AMP Capital tomonidan AQShning Invesco giganti mablagʻlari bilan taʼminlangan.
Tarixi
Billbergia Group va AMP Capital tomonidan 270 metr va 131 mert balandlikdagi ikkita osmonoʻpar bino taklif qilingan. 2014-yil oktyabr oyida Brisben shahar kengashi tomonidan tasdiqlangan.
Hutchinson Builders 2016-yil boshida loyihani qurish uchun maʼsul qilib tayinlangan edi.
2017-yilda aholiga binoning qolgan qismi qurib bitkazilmasdan turib, koʻchib oʻtishga ruxsat berildi.
Dizayn va joylashuv
Bino markaziy biznes tumanining janubida, shahar botanika bogʻiga yaqin joylashgan. Brisben Skytower Brisben xalqaro aeroportidan 17 kilometr uzoqlikda joylashgan. Eng yaqin trenajer stantsiyasidan 11 daqiqalik yoʻl. Toʻxtash joyi uchun qoʻshimcha toʻlov mavjud.
Galereya
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org