BRIONIYA



BRIONIYA (Bryonia) — qovoqdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’tlar turkumi. 15 ga yaqin turi ma’lum. O’zbekistonda 4 turi uchraydi. Oq Brioniya (V. alba) — yo’g’on ildizli, mayda sariq gulli o’simlik. Kavkaz va O’rta Osiyoda o’sadi. Tarkibida brionin degan zaharli glikozid va boshqa moddalar bor. Xalq tabobatida og’riq qoldiruvchi, qon to’xtatuvchi, surgi dori sifatida, yo’tal va yaralarni davolashda ishlatiladi. O’zbekistonda uchraydigan tarvuzpalak (V. dioica) ham shu maqsadlarda qo’llaniladi. Tarkibida briomarid, briodulkozid va boshqa moddalar bor.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz