BRILLIANT



BRILLIANT (Fransuzcha brillant — yaltiroq so’zidan) — sun’iy ishlov berib sayqallangan (qirralangan) olmos. Tomonlari 6, 8, 12, … 56 gacha qirralarga ega bo’ladi. Bunday qirralash toshning tabiiy jilosini yuzaga chiqaradi. Brilliantga tushgan nur yuqori dispersiya (nurning bo’linishi) tufayli kamalakday tovlanadi. Zargarlik san’atida keng ishlatiladi: qimmatbaho metall gardishga alohida (uzuk, isirga, ilma tugma — zaponkada), buyum bezagi mujassamoti asosi yoki qismlarini hosil qiluvchi (to’g’nog’ich, toj va boshqalarda) “ko’z”lar holida o’rnatiladi. Brilliant shuningdek orden va yuksak nishonlarni ham bezaydi. Brilliant og’irligi karat (0,2 gramm) larda o’lchanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz