Brigadeiro
Brigadeiro (port. Brigadeiro — 1946-yilda Rio-de-Janeyrodagi qandolatchi Haloisa Nabuko de Oliveyra tomonidan yaratilgan anʼanaviy braziliya shirinligi . Brigadeiro quyultirilgan sut, kakao kukuni, sariyog‘ va tashqi qatlamni qoplaydigan shokolad parchalari bilan tayyorlanadi.
Yaratilish tarixi
"Brigadeiro" nomining kelib chiqishi 1946-yilda Braziliya prezidentligiga Milliy demokratik ittifoq nomzodi brigadir Eduardo Gomesning prezidentlik kampaniyasidan kelib chiqqan. Brigadeiro nomzodini qo‘llab-quvvatlagan Haloisa Nabuko de Oliveyra yangi shirinlikni yaratadi va uni nomzod nomi bilan ataydi. Doce de brigadeiro (Brigadirning shirinligi) tezda butun mamlakat boʻylab mashhur boʻldi. Keyinchalik uning nomi shunchaki „brigadeiro“ ga qisqartirildi. Shunga qaramay, nomzod Eduardo Gomes saylovda mag‘lub bo‘ldi va general Euriku Gaspar Dutra Braziliya prezidenti bo‘ldi.
Zamonaviylik
Bugungi kunda brigadeiro butun Braziliyada keng tarqalgan mashhur shirinlikdi. Brigadeira odatda uyda tayyorlanadi, lekin uni koʻplab novvoyxonalar va kafelarda ham topish mumkin.
Gallery
Manbalar
uz.wikipedia.org