BRIGADA



BRIGADA (Fransuzcha brigade; italyancha brigata — jamiyat, otryad) — 1) barcha turdagi qurolli kuchlar, qo’shin turlari va maxsus qo’shinlar bo’linmalarining taktik birlashmasi; turli mamlakatlarda 16-asrning 2-yarmidan, Rossiyada 18- asr boshidan mavjud. Quruqlikdagi qo’shinlarda Brigada, odatda, bir necha batalon (divizion) va maxsus qo’shinlar bo’linmalaridan iborat bo’ladi. Brigada alohida yoki diviziya tarkibiga kirishi mumkin; 2) alohida ishlar majmuasini birgalikda bajaruvchi kishilar guruhi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz