Bridgette Armstrong
Bridgette Kate Armstrong (1992-yil 9-noyabrda tugʻilgan) — Yangi Zelandiya ayollar milliy futbol jamoasining aʼzosi.
Faoliyati
U 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi ilk jahon chempionatida, Yangi Zelandiya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan, uchta guruh oʻyinida terma jamoa bilan birga oʻynagan. Oʻshanda u Kanadaga 0:1, Daniyaga 1:2 va Kolumbiyaga 3:1 hisobida terma jamoasi bilan magʻlub boʻlgan.
Armstrong, shuningdek, 2008-yilda Chilida boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha ayollar oʻrtasidagi, Jahon chempionatida Yangi Zelandiya vakili edi. U jamoasi bilan yana uchta guruh oʻyinlarini oʻynadi. Nigeriyaga 2:3 hisobida magʻlub boʻldi, mezbon Chili ustidan 4:3 hisobida gʻalaba qozondi. U Yangi Zelandiyadagi golini Angliyaga qarshi oʻyinda urdi, ammo, Yangi Zelandiyani Angliya terma jamoasi turnirdan chiqarib yubordi. 2010-yilda u Germaniyada boʻlib oʻtgan, 2010-yilgi 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida, Yangi Zelandiyani himoya qildi va uchta guruh oʻyinlarida ham ishtirok etdi.
Armstrong terma jamoadagi debyutini 2009-yil 14-noyabrda Yaponiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazdi va 2010-yil 3-oktyabrda Taiti ustidan 7:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda oʻzining ilk xalqaro golini kiritdi.
Uning bobosi Keen Armstrong Angliya va Yangi Zelandiya milliy futbol terma jamoalarida oʻynagan. Otasi Ron Armstrong va amakisi Braien Armstrong ham Yangi Zelandiya vakili edi.
Armstrong Long Bay kollejida oʻqigan.
Manbalar
uz.wikipedia.org