Bridgehead
Bridgehead — Ottavadagi (Kanada) mashhur qahvaxonalar tarmogʻi, shaharning norasmiy „tashrif qogʻozi“ dan biri. 1981-yilda ikki Birlashgan cherkov voizlari ([2]) va ikki oddiy odamlar tomonidan Toronto shahrida tashkil etilgan. Qahvaxonalarda yuqori sifatli qahva va choydan tashqari, shu yerning oʻzida tayyorlangan gazaklar, shoʻrvalar va salatlar sotiladi.
Shunisi qiziqki, Ottavadagi Bridgehead tarmogʻining ajoyib kengayishiga dastlab Torontoda asos solingan qahvaxonaning qulashi turtki boʻldi. Ushbu qahvaxonaning asl egasi Oxfam Canada 2000-yilda Tracey Clark savdo belgisini 30 000 dollarga sotishga majbur boʻlgan. Dastlabki egalari oila va doʻstlar boʻlishgan, ammo 2002-yilga kelib, 30ga yaqin investorlar birgalikda egalik qilishgan. 2000-yildagi bir qahvaxonadan tarmoq 2008-yilda toʻqqiztagacha kengaytirilgan va shu kungacha Ottavada ushbu brend ostida 15ta doʻkon ochilgan.
2006-yil noyabr oyida Bridgehead kompaniyasi en:Ottawa XPress oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomaga asosan, „Ottavadagi eng yaxshi qahva va choyxona“ deb topildi. Bridgehead oʻz veb-sayti orqali qahva sotadi va uni mijozlarga pochta orqali yuboradi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org