Brian Skrudland




Brian Norman Skrudland (talaffuzi: Brayan Norman Skrudland, 1963-yil 31-iyulda tugʻilgan) — Kanadalik sobiq professional xokkeychi. U faoliyati davomida Monreal Canadiens, Calgary Flames, Florida Panthers, New York Rangers va Dallas Stars jamoalarida oʻynagan.

Jamoalardagi faoliyati



Skrudland 1980-yildan 1983-yilgacha Gʻarbiy Xokkey Ligasining Saskatoon Blades jamoasida oʻynagan.

Professional jamoalardagi faoliyati



Skrudland 1985-yilgi AHL pley-off bosqichida eng qimmat oʻyinchi sifatida Jack A. Butterfield sovrinini qoʻlga kiritgan. U 17 oʻyinda 17 ochko toʻplagan.

Skrudland NHLdagi debyutini 1985-yilda Monreal Canadiens jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. U 1986-yilda Stanley kubogini qoʻlga kiritgan. Skrudland 1991-yilgi NHL All-Star oʻyiniga qatnashish uchun tanlangan, ammo jarohati tufayli musobaqada ishtirok eta olmagan. 1992—1993-yilgi mavsumda u Calgary Flames jamoasiga transfer qilingan. Skrudland Calgary Flames bilan shartnomasini tugatib, 1997-yilning yozida New York Rangers jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

1991-yilgi Kanada kubogi turnirida u Kanada jamoasi asosiy tarkib roʻyhatidan chiqarib yuborilgan.

U 1994-yilgi Selke Trophy kubogi finalchilaridan biri boʻlgan. Frank J Selke kubogi har yili NHLdagi eng yaxshi himoyachi-hujumchiga berilgan.

Skrudland 1986-yilgi mavsumning final oʻyinida qoʻshimcha 0:09 vaqtda gʻalaba golini urgan holda, pley-offning qoʻshimcha vaqtida eng tez gol urish boʻyicha NHL rekordini oʻrnatgan.

Shaxsiy hayoti



Skrudland rafiqasi Lana va uch farzandi bilan Alberta shtatining Calgary shahrida yashaydi.  2010-yil 6-iyuldan 2015-yil 9-iyulgacha u Florida Panthers jamoasida oʻyinchilarni rivojlantirish boʻyicha direktor boʻlgan. Shuningdek, Skrudland 2013—2014-yilgi mavsumda Panthers jamoasida yordamchi murabbiy boʻlib ishlagan.

Faoliyat statistikasi




Mukofot va unvonlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz